O‘zbekistonlik ishchi Rossiyada baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi

O‘zbekistonlik ishchi Rossiyada baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi.

Hodisa Molodogvardeysev va Panfilovsev ko‘chalari chorrahasidagi ob’ektda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli ishchi 26-qavatda bo‘lganida fasad ko‘targichi («beshik») trosi uzilib ketgan, oqibatda u pastga qulagan. Jabrlanuvchini qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

E1 nashrining yozishicha, halok bo‘lgan erkak – 1975 yilda tug‘ilgan Shokirbek Xusamov. Uning yonida sherigi ham bo‘lgan, biroq u tros uzilgan paytda «beshik» chekkasiga osilishga ulgurgan va 25-qavatdagi derazadan bino ichiga kirib olgan.

Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. Jarayon prokuratura nazorati ostidaligi ta’kidlanmoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qurilish maydonchasida xavfsizlik qoidalari buzilganini istisno qilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!