45 nafar hindistonlik Rossiya armiyasidan demobilizasiya qilindi

45 nafar hindistonlik Rossiya armiyasidan demobilizasiya qilindi

45 nafar hindistonlik Rossiya armiyasidan demobilizasiya qilindi, yana 50 nafar fuqaroni qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda — Hindiston Tashqi ishlar vazirligi

Hindiston TIV bayonotida qayd etilishicha, Rossiya armiyasi safiga qo‘shilishga va Ukrainaga qarshi jang qilishga noqonuniy majburlangan Hindiston fuqarolari jangovar hududdan olib chiqilib, Rossiya armiyasi safidan chetlashtirilgan.

"Yana ellik nafar hindistonlik hamon jang maydonlarida va ularni ozod qilish uchun harakatlar olib borilmoqda", deya xabar beradi Hindistonning NDTV telekanali TIV vakilidan iqtibos keltirgan holda.

May oyida Hindiston Markaziy Tergov byurosi yirik odam savdosi tarmog‘ida ishtirok etganlikda gumon qilingan to‘rt kishining hibsga olinganini e’lon qilgan edi. Jinoiy guruh a’zolari Rossiyaga ishlash uchun yigitlarni yollagan va u yerga yetib borganlarni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lgan. Reuters xabariga ko‘ra, hind manbalari avvalroq Rossiya harbiy idorasi bilan shartnoma imzolagan 100 ga yaqin hindistonlik fuqarolar haqida xabar bergan edi. Agentlikning qayd etishicha, yollangan hindlarning ikki nafari allaqachon Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan, ularning jasadlari jang maydonida qolgan.

2024 yil iyul oyida Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Moskvaga tashrifi chog‘ida Vladimir Putin Rossiya armiyasiga chaqirilgan va Ukrainada jang qilish uchun jo‘natilgan barcha hindistonliklarni yurtiga qaytarishga ishontirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!