O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir bitim tasdiqlandi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatlari o‘rtasida madaniy boyliklarni o‘g‘irlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 24 yanvar kuni Pekin shahrida imzolangan. Madaniy meros agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!