Maymunchechak virusiga qarshi birinchi vaksina tasdiqladi

Maymunchechak virusiga qarshi birinchi vaksina tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JSST maymunchechak virusiga qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi.

JSST press-reliziga ko‘ra, MBA-BN vaksinasi oldindan kvalifikasiya ro‘yxatiga kiritilgan. Preparat Daniyaning Bavarian Nordic A/S biotexnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

MBA-BN 18 yoshdan oshgan odamlarga 4 haftalik interval bilan 2 dozali in’eksiya sifatida berilishi mumkin.

JSST ko‘rsatmalariga ko‘ra, emlashning foydasi potensial xavflardan yuqori bo‘lsa, vaksina «chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar, shuningdek, homilador ayollar va immunitet tanqisligi bo‘lgan odamlarda epidemiya o‘choqlarida» qo‘llanilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!