Rossiyada o‘zbekistonlik erkak yurtdosh ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak yurtdosh ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak mojaro paytida yurtdosh ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Polkovskiy shossesidagi “SalyutPlyus” apart-mehmonxonasida pichoq bilan jarohatlangan 41 yoshli ayol jasadi topilgan. Qo‘riqchi polisiyaga murojaat qilgan. Marhuma O‘zbekistondan Sankt-Peterburgga kelgan, u migrasiya ro‘yxatidan o‘tmagani aniqlangan. Qotillik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonning 26 yoshli fuqarosi bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 11 sentyabr kuni mojaro paytida o‘z vatandoshini pichoqlab o‘ldirgan. Erkak aybini tan olgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!