Ikki metrli iPhone 15 Pro Max Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

A A A
Ikki metrli iPhone 15 Pro Max Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

YouTube blogerlar og‘irligi 200 kg bo‘lgan ikki metrli iPhone 15 Pro Max ni yig‘ishdi. Bu qurilma smartonning eng katta nusxasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Korpus alyuminiydan yasalgan, displey sifatida 88 dyuymli televizor o‘rnatilgan, sensorli ekran qo‘shilgan, kameralar linzalarini o‘xshatish uchun esa Canon EOS R5 va Sony RX10 Mark kameralaridan foydalanishgan.

IOS ni o‘xshatish uchun Androidga iOS launcherini o‘rnatishgan. Smartfon to‘liq ishlaydi, uni yasash uchun 3 oy vaqt va 70 000 dollar ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!