Reuters: Rossiya bir yildan beri Xitoy dvigatellaridan foydalanib kamikadze dronlarni ishlab chiqarmoqda

Reuters: Rossiya bir yildan beri Xitoy dvigatellaridan foydalanib kamikadze dronlarni ishlab chiqarmoqda

Evropa razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ijevskdagi “Kupol” elektromexanika zavodi o‘tgan yili Xitoyning dvigateli asosida harakatlanuvchi yangi turdagi “Garpiya” uzoq masofali hujumchi dronlarini ishlab chiqarishni boshlagan.

Yil davomida 2500 dan ortiq dron ishlab chiqarilgan. Zavodning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnomaning umumiy miqdori 1 milliard rublni tashkil etadi.

Shuningdek, “Garpiya” dronida foydalanilgan dvigatel nemis kompaniyasi tomonidan ixtiro qilingani, ammo hozirda Xitoyning Xiamen Limbach kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotganligi xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!