Eron husiylarni Isroil bilan urush qilish uchun Suriyaga olib kelmoqda.

Eron husiylarni Isroil bilan urush qilish uchun Suriyaga olib kelmoqda.

Isroillik jurnalistlar surgundagi suriyalik muxolifatga tayanib, Eron minglab askarlarni, jumladan yamanlik husiylarni Suriyaga tortmoqda deb xabar berishmoqda. Husiylar Suriyaga Iroq orqali yetib kelishgan. Ular Suriyaning janubiy mintaqasiga, Isroil va Iordaniya chegarasiga yaqinroq yo‘l olishmoqda. U yerda ular Isroilga qarshi dronlardan foydalanish uchun pozisiyalar o‘rnatmoqda.

Bundan tashqari, Suriyadagi eronparast askarlar G‘azo sektori namunasidagi yer osti tunnellari orqali Iordaniya hududiga qurol-yarog‘ tashimoqda. Iordaniyadan Yahudiya va Samariyaga falastinlik guruhlarning askarlari uchun qurol-yarog‘ yetkaziladi.

Suriya manbasining ta’kidlashicha, Eron ham rejimni beqarorlashtirish uchun Iordaniyaga qurol uzatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!