Shoygu va Kim Chen In Pxenyanda uchrashdi

Shoygu va Kim Chen In Pxenyanda uchrashdi

Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabar qildi.

“13 sentyabr kuni Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi S.K.Shoygu boshchiligidagi delegasiya Pxenyanda bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida davom etayotgan strategik muloqot doirasida koreyalik hamkasblarimiz bilan ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan mazmunli fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Shoyguni KXDR davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In qabul qilgan.

“Pxenyandagi uchrashuvlar Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.V.Putinning joriy yil iyun oyida Pxenyanga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘ta maxfiy, do‘stona muhitda o‘tdi. Ular o‘zlari imzolagan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim qoidalarini amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadilar”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya 2022 yil o‘rtalaridan beri Rossiyaga 13 mingdan ortiq qurol-yarog‘ ortilgan yuk konteynerlarini jo‘natgani haqida xabar bergan edik.

The New York Times 11 sentyabr kuni Kiyevda Shimoliy Koreyaning 4 ta Hwasong-11 ballistik raketasi qoldiqlari aniqlanganini xabar qildi. Bu raketalar markirovkasida 2024 yilda ishlab chiqarilgani yozilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!