Rossiya harbiy samolyotlari arxipelag uzra parvoz qilgani uchun Yaponiya qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

A A A
Rossiya harbiy samolyotlari arxipelag uzra parvoz qilgani uchun Yaponiya qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

Bu haqda The Japan Times xabar bermoqda.

Ertalab Rossiyaning ikkita Tu-142 samolyoti dengizdan Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasida Okinava prefekturasi yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qildi, so‘ng ular Tinch okeani ustidan shimolga uchdi. Rossiya samolyoti Yaponiya havo hududiga kirmagan, balki mamlakatlar o‘rtasida hududiy bahs mavzusi bo‘lgan hudud ustidan uchib o‘tgan. Rossiya samolyotlari oxirgi marta 2019 yilda bunday parvozni amalga oshirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!