Bayden Putin haqida so‘ragan jurnalistdan jahli chiqib ketdi

Bayden Putin haqida so‘ragan jurnalistdan jahli chiqib ketdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqida savol bergan jurnalist tufayli o‘zini tuta olmadi . Amerika yetakchisi Britaniyaning Sky News telekanali muxbiriga keskin javob qaytardi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

«Men gapirmagunimcha jim bo‘l, xo‘pmi? Men shuni aytyapman. Bu yaxshi fikrmi?» deb so‘radi Bayden. Qayd etilishicha, jurnalist bu savolni Amerika prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer bilan uchrashuvda ochilish bayonoti bilan chiqishga ulgurmay turib bergan .

Daily Mail nashrining aniqlik kiritishicha, muxbir chet el yetakchilarining bayonotlaridan so‘ng jurnalistlar savol berishi mumkin bo‘lgan protokolni buzgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!