O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi: Prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi

O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi: Prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi

Jurnalist Komiljon Shamsiddinov O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabovdan intervyu oldi. Rahim Rajabov ushbu intervyuda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi.

Mustaqillik hamma uchun kutilmagan voqea bo‘lgandi. Davlat kichik bo‘lsayam, davlat-da, ro‘zg‘orning katta-kichigi bo‘lmaydi. Uning tashvishlari bor. O‘sha paytda ularni hal qilishda birgina Prezidentning qo‘lidan ko‘p ish kelmasdi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, Sen Prezident bo‘lasan deya bizda biror odam maxsus tayyorlanmagan. Birinchi Prezidentimiz o‘z komandasini yiqqan paytda, biz ham o‘sha jamoaga tushib qolganmiz. U kishi Men bir tomonni, sen boshqa tomonni olib borasan , degandilar.

Keyinroq ko‘p tashvish mening o‘zimga qolib ketgan. U kishining tashqi davlatlar bilan bog‘liq va shunga o‘xshash ishlari ko‘payib ketgan. Ichkaridagi ishlarniyam kimdir qilishi kerak-ku. Eng katta muammolar xalq och, o‘z pulimiz yo‘q, chegaralar ochiq, uni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak edi.

Ilk to‘rt-besh yilimiz, qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, yomon kechmadi. Keyinchalik, rahmatli Islom Abdug‘aniyevichning ham yoshi ulg‘ayib, tajriba orttirdi. Saylovdan so‘ng o‘zim Do‘stim, endi mening vazifamni ham qisqartiring‘, deb aytganman va Davlat kotibligidan o‘zimning avvalgi ishimga, ya’ni Vazirlar Mahkamasi raisi muovinligiga ketganman.

Yana bir gap. O‘sha paytlarda Prezident atrofida davlatga vijdonan xizmat qilaman, degan odamlar kamayib keta boshladi: noma’qul odamlar ko‘payib, hammasi bir mafiya bo‘lib qoldi. Mundoq o‘ylasangiz, Prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi. O‘sha paytda, Sen bilan ishlamayman deya ketganimcha o‘ttiz yildan buyon haliyam ishlamayman. Hech kimning odami ham bo‘lmaganman.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!