O‘zbekistonni ziyorat turizmining markazlaridan biri sifatida e’tirof etish to‘g‘risida Buxoro deklarasiyasi imzolandi

O‘zbekistonni ziyorat turizmining markazlaridan biri sifatida e’tirof etish to‘g‘risida Buxoro deklarasiyasi imzolandi

Said Rahmonov/ Xalq so‘zi ONLINE . I Xalqaro ziyorat turizmi forumiga mezbonlik qilayotgan Buxoroda tadbirlar davom etmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida chet ellik tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlarning o‘zaro B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Yurtimizda yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish va ziyorat turizmi salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani rivojlantirish , Indoneziya hududida islomning tarqalishida O‘zbekiston olimlarining o‘rni , Musulmon sayyohlar uchun xalqaro reyting va uning mamlakat imijini oshirishga ta’siri , Turizmning madaniy merosga ta’siri , O‘zbekiston buyuk o‘tmishdan yorug‘ kelajak sari , O‘zbekistonda halol standartining rivojlanishi masalalarida xorijiy hamda mahalliy ekspertlar va soha xodimlarining ma’ruzalari tinglandi.

Kun yakunida O‘zbekistonni ziyorat turizmining markazlaridan biri sifatida e’tirof etish to‘g‘risida Buxoro deklarasiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR markazi DUK hamda Global Muslim Traveler Index doirasida Matta (Malayziya), Crescent Rating (Singapur) assosiasiyalari, Jakarta targ‘ibot fondi (Indoneziya) o‘rtasida memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!