O‘zbekistondan Rossiyaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistondan Rossiyaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro avtobus qatnovi ochildi. Joriy yilning 14 sentyabr sanasida mahalliy vaqt bilan 8:00 da Toshkent avtovokzalidan Nijniy Novgorodga birinchi avtobus yo‘lga otlandi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi “UZKAZ AVTO TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 2015 yil Belgiyada ishlab chiqarilgan, 65 o‘rindiqqa ega “VANHOLL” rusumli avtobuslari, Rossiya tomonidan esa “Panyushkin S.YU.” YATTga qarashli “VANHOLL” rusumli avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘nalishning masofasi 3000 kilometr bo‘lib, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha – 420 ming so‘m. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa – 6 ming rubl qilib belgilandi.

Yo‘nalish “G‘isht ko‘prik” (O‘zbekiston), “Jibek Joli”, “Jaysan” (Qozog‘iston), “Sagarchin” (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha har ikki kunda bir marta, bir oyda 15 marta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“Tashviltransterminal” uyushmasi boshlig‘i Komiljon Isamuhammedovning aytishicha, hozircha faqat Nijniy Novgorod yo‘nalishiga 2 ta avtobus qo‘yilgan, keyingi yilda Rossiyaning 5 ta shahri Moskva, Samara, Sankt-Peterburg, Irkutsk va Tyumen shaharlariga yo‘nalishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!