O‘zbekistonda bu yil eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda bu yil eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yil boshidan beri eng ko‘p Cobalt avtomashinasi ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 31 788 dona Cobalt, 13 943 dona Nexia-3, 21 962 dona Gentra, 28 772 dona Damas, 6 085 dona Spark hamda 6 230 dona Labo avtomobillari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda joriy yil yanvar-iyun oylarida jami 1 855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga ko‘p.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-iyun oylarida 495 dona avtobus ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 foiz ko‘paygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!