O‘zbekiston va Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi

O‘zbekiston va Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi

24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegasiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov va Xitoy Xalq Respublikasi ekologiya vaziri o‘rinbosari Yuy Xuyeyven boshchilik qildi.

Suhbat chog‘ida delegasiyalar rahbarlari ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi, bu boradagi siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar mamlakatlarning ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash va boshqa sohalardagi yutuqlari va tajribasini yuqori baholadilar.

Uchrashuvda havo ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va chiqindilarni boshqarish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va belgilandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, uni samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston-Xitoy ishchi guruhini tuzish muhimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy ishchi guruhini tuzishni muvofiqlashtirish uchun mas’ul shaxslar belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!