Chilonzorda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzorda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida;
Haydovchilar, 1998 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MENLO rusumli avtomashinasi;
1999 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasi;
1992 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2107 rusumli avtomashinasi;
1990 yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!