Tailandning sobiq bosh vaziri monarxiyani haqorat qilishda ayblanmoqda

Tailandning sobiq bosh vaziri monarxiyani haqorat qilishda ayblanmoqda

Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin Chinavatu qirollik oilasini haqorat qilganlikda rasman ayblandi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Tailand Bosh prokuraturasi vakili Chinavatu monarxiyani haqorat qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilganini aytdi, deb yozadi agentlik.

Materialda qayd etilishicha, 74 yoshli siyosatchi o‘z aybini tan olmagan va ish sudda ko‘rib chiqilayotgan vaqtda 500 ming baht (taxminan 13,5 ming dollar) miqdorida garov evaziga ozod qilishni so‘ragan.

Keyingi sud majlisi 19 avgustga belgilangan.

Chinavatu 2015 yilda Janubiy Koreya OAVlariga bergan intervyusida qirol hokimiyatini haqorat qiluvchi bayonotlar berganlikda ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!