Ronaldu bizning sardorimiz va yetakchimiz – Kanselu

Ronaldu bizning sardorimiz va yetakchimiz – Kanselu

Portugaliya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu terma jamoa sardori, 39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

«Ronalduning oltinchi Yevropa chempionati – uning mehnati, iqtidori va erishgan barcha narsasi natijasidir. Krishtianu - bizning yetakchimiz va sardorimiz», - deya Kanselu so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo".

14 iyun kuni Germaniyada boshlangan 2024 yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi Chexiya, Turkiya va Gruziya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa Yevro-2024 dagi ilk o‘yinini 18 iyun kuni Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!