Krishtianu Ronaldu Serxio Ramosni “An-Nassr”ga taklif qildi

Krishtianu Ronaldu Serxio Ramosni “An-Nassr”ga taklif qildi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Serxio Ramosni “An-Nassr”ga o‘tishini xohlamoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli futbolchining transferiga klub sport direktori Fernando Yerro ham qiziqmoqda. Ramosga bir necha million dollarlik shartnoma taklif qilinadi. Arab klubidan tashqari ispaniyalik futbolchiga Turkiya va MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Kecha, 17 iyun kuni “Sevilya” Ramosning shartnoma muddati tugashi munosabati bilan jamoani tark etishini e’lon qildi. O‘tgan 2023—2024 yilgi mavsumda himoyachi 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ramos Ronaldu bilan 2009—2010 yilgi mavsumdan 2017—2018 yilgi mavsumgacha “Real Madrid”da o‘ynagan. Bu vaqt ichida futbolchilar ikki marta Ispaniya chempionligi, ikki marta Ispaniya kubogi va ikki marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Xalqaro maydonda futbolchilar to‘rt bor Chempionlar Ligasi turnirida, uch marta Superkubok bahslarida va uch bora klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!