Toshkentda 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 26 yoshli U.B. boshqaruvida bo‘lgan Menlo, 25 yoshli M.A. boshqaruvidagi “VAZ-2106”, 32 yoshli M.R. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107” hamda 1990 yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Menlo rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Poytaxt IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda 2024 yilning besh oyida YTH oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro jarohatlangan. Avvalroq Toshkentda Malibu-2, Lacetti va Lada ishtirokidagi YTHda bir haydovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!