Burni singan Mbappe shifoxonadan chiqarildi

Burni singan Mbappe shifoxonadan chiqarildi

Fransiya terma jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe shifoxonada ko‘rikdan o‘tib, terma jamoaga qaytdi.

Avstriyaga qarshi o‘yinda 25 yoshli hujumchining burni singan. Jurnalist Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berishicha, Mbappe operasiyasiz davolanadi. Futbolchi uchun maxsus himoya niqobi tayyorlanadi.

Avvalroq, hujumchi Yevro guruh bosqichining qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Guruh bosqichining ikkinchi turida Fransiya Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi, keyin esa Polsha bilan uchrashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!