“Real” yulduzi pul ortidan ketadi

“Real” yulduzi pul ortidan ketadi

“Real” sardori Nacho Fernandes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘lyapti.

Tajribali himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va u erkin agent sifatida yangi jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi “Al-Ittihod” bilan kelishuvga erishdi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar 34 yoshli futbolchiga har mavsum uchun 20 million yevro maosh ko‘rsatilgan ikki yillik bitim taklif etdi.

“Al-Ittihod”da Nachoning “Real”dagi sobiq jamoadoshi Karim Benzema ham to‘p tepadi.

Necha “Qirollik klubi”da 12 yil davomida faoliyat ko‘rsatdi. Klub tarbiyalanuvchisi shu paytga qadar 364 ta uchrashuvda qatnashib, 16 ta gol va 10 ta assist qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!