Evrokomissiya Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzdi

Evrokomissiya Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzdi

Evropa Komissiyasi Ukrainaga yordam jamg‘armasi doirasida taftish komissiyasini tuzdi, u Ukraina rasmiylariga Kiyevga ko‘rsatilgan yordamdan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek, firibgarlik, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda yordam berish uchun mo‘ljallangan. Yevrokomissiyaning 12 iyundagi tegishli qarori 17 iyun, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi.

Hujjatda aytilishicha, Yevrokomissiyaga hisob beruvchi yangi organ 2028 yil 30 iyungacha bo‘lgan muddatga uch a’zodan iborat bo‘lib, Bryusseldan ishlaydi, alohida kotibiyat esa Kiyevda bo‘ladi.

Evropa komissiyasi qaroriga ko‘ra, taftish komissiyasining kamida oltita yig‘ilishi har yili Bryusselda o‘tkazilishi kerak, ba’zi hollarda ular boshqa joylarda yoki onlayn formatda bo‘lib o‘tishi mumkin. Shuningdek, auditorlar yiliga olti marta «agar sharoit imkon bersa» Kiyevga tashrif buyurishlari kerak.

2023 yilning iyun oyida Kiyevga uch yil davomida 50 milliard yevro ajratish rejasi munosabati bilan Bryussel mablag‘ ta’minlash uchun qo‘shimcha shartlarni e’lon qilgan edi. Birinchidan, Ukraina yordam samaradorligini oshirish uchun audit va nazorat tizimini modernizasiya qilishi kerak. Ikkinchidan, Yevrokomissiya rejani amalga oshirish jarayonida istalgan vaqtda tekshiruv o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilandi. Uchinchidan, ehtimoliy qonunbuzarliklar, firibgarlik va korrupsiyaning oldini olish uchun mustaqil auditorlik kengashi tashkil etilishi e’lon qilindi, u davlat mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha har qanday aniqlangan yoki shubhali holat, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan kamchiliklar to‘g‘risida Yevropa komissiyasiga hisobot berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!