Armaniston va Fransiya Yerevanga CAESAR o‘ziyurar qurollarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Armaniston va Fransiya Yerevanga CAESAR o‘ziyurar qurollarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Armaniston va Fransiya Yerevanga frantsuz CAESAR o‘ziyurar artilleriya tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Fransiya Mudofaa vaziri Sebastiyen Lekornyu o‘zining X-sahifasida Fransiya Armaniston bilan mudofaa munosabatlarini mustahkamlashda davom etishini aytdi.

"Yangi muhim bosqich - bu CAESAR qurollarini sotib olish bo‘yicha shartnomaning imzolanishi", dedi vazir.

Lekornyu o‘zining arman hamkasbi bilan tushgan suratini joylashtirdi, unda ikkalasi qo‘llarida frantsuz o‘ziyurar artilleriya qurilmasining kichik maketi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!