Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hazorasp tumanidagi bozorda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 18 iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp universal savdo kompleksi”AJ hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:04 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in maydonini boshqa do‘konlarga o‘tib, kengayishi va savdo kompleksi hududining 4,2 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in natijasida 300 kvadrat metr maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan, — deyiladi xabarda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!