Toshkentda elektrobus va yengil mashina haydovchilari janjallashgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentda elektrobus va yengil mashina haydovchilari janjallashgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent shahar IIBB Bektemir tumanida elektrobus va yengil mashina haydovchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16 iyun kuni soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Husayn Boyqaro shohko‘chasida 35 yoshli elektrobus haydovchisi SH.SH. va Nexia-2 haydovchisi R.I. (1972 yilda tug‘ilgan ) hamda «Zaz-1102» haydovchisi F.Z. o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan ikkita yengil avtomashina to‘qnashgani sabab yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!