AQSH, Kanada, Yaponiya va Filippin ikki kunlik qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazdi

AQSH, Kanada, Yaponiya va Filippin ikki kunlik qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazdi

Mashqlar xalqaro huquq va dengiz xavfsizligi doirasida o‘tkazildi, deyiladi AQSh Tinch okean floti bayonotida.

AQSH, Kanada, Yaponiya va Filippin Manilaning maxsus iqtisodiy zonasida ikki kunlik qo‘shma dengiz mashqlari o‘tkazdi.

AQSh Tinch okean floti bayonotida ta’kidlanishicha, 16-17 iyun kunlari AQSh harbiy-dengiz kuchlari, Kanada Qirollik floti, Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari va Filippin Qurolli kuchlari «Filippinning maxsus iqtisodiy zonasi»da qo‘shma dengiz mashqlari o‘tkazgan.

«To‘rtta davlatning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdagi qat’iyati yana bir tasdig‘i» sifatida tavsiflangan mashg‘ulot xalqaro huquq va dengiz xavfsizligi doirasida o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilari bilan muntazam tadbirlar o‘tkazib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!