O‘zbekistonda energotejamkor qurilmalarni o‘rnatgan iste’molchilarga chegirma beriladi

O‘zbekistonda energotejamkor qurilmalarni o‘rnatgan iste’molchilarga chegirma beriladi

O‘zbekistonda iste’molchilarga energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatganliklari uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida bu haqda belgilab qo‘yilgan.

Yangi tahrirdagi qaror bilan aholi iste’molchilari va tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, qarorning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.

Bunda:

iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, “O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;

tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi;

energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llaniladi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024–2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e’tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!