Putin Rossiya va KXDR o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga buyruq berdi

Putin Rossiya va KXDR o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga buyruq berdi

Prezident Vladimir Putin Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga buyruq berdi.

Hujjatda Prezident Rossiya Tashqi ishlar vazirligining manfaatdor federal organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan taklifini qabul qilish, Rossiya Federasiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash bo‘yicha topshiriq berdi.

Putin, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga kelishuvni imzolash bo‘yicha muzokaralar chog‘ida uning loyihasiga fundamental xarakterga ega bo‘lmagan o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berdi.

“Biz ushbu farmonda nazarda tutilgan kelishuvni yuqori darajada imzolashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, — deyiladi buyruqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!