Dunyo zudlik bilan Isroilning qirg‘inlariga chek qo‘yishi kerak – Erdo‘g‘an

Dunyo zudlik bilan Isroilning  qirg‘inlariga chek qo‘yishi kerak  – Erdo‘g‘an

Xalqaro hamjamiyat Isroilni G‘azo sektoridagi qirg‘inlarini to‘xtatishga majburlash uchun zudlik bilan chora ko‘rishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on musulmon olamida nishonlanadigan Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi.

"Dunyo zudlik bilan Isroilning qonxo‘rligiga qarshi chora ko‘rishi va har kuni guvohi bo‘layotgan qirg‘inlariga chek qo‘yishi kerak. Biz har fursatda [Isroil Bosh vaziri Benyamin] Netanyaxuni to‘xtatish kerakligini aytamiz. Buni Italiyadagi suhbatdoshlarimizga aniq aytdik. Katta yettilik sammitida biz G‘azodagi genosid aybdorlarini [Xalqaro Adliya sudida] javobgarlikka tortish uchun kuchlarimizni safarbar qildik”, dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarning imkon qadar ko‘proq mustaqil Falastin davlatini tan olishi uchun harakat qilmoqda. «Biz, shuningdek, G‘azodagi yechim masalasida islom dunyosining birdek harakat qilishini ta’minlash uchun harakat qilamiz», dedi Erdog‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!