Premyer-liga top uchrashuv bilan boshlanadigan bo‘ldi

Premyer-liga top uchrashuv bilan boshlanadigan bo‘ldi

Angliya Premyer-ligasining birinchi turida ikki top-klub o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi. Sam 365 ma’lumotlariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" "Stemford Brij"da "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan Enso Mareska "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda "Lester" boshqaruvida chempion bo‘lgandi.

“Chelsi” va “Manchester Siti” o‘tgan mavsumda “Stemford Brij”da 4:4 hisobida durang o‘ynagandi. Keyinchalik bu o‘yin Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumidagi eng yaxshi match deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!