NATO mamlakatlari harbiy xarajatlarni tez sur’atlarda oshirmoqda

NATO mamlakatlari harbiy xarajatlarni tez sur’atlarda oshirmoqda

NATO mamlakatlari harbiy xarajatlarni tez sur’atlarda oshirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Alyansningning 17 iyun kuni e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda NATOning 32 davlatidan 23 tasi harbiy xarajatlar uchun YAIMning 2 foizini ajratish maqsadiga erishgan. O‘tgan yili ulardan atigi 10 tasi tegishli ko‘rsatkichga erishgan edi.

Harbiy xarajatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Polsha (4% dan ortiq), Estoniya (3,43%) va AQSh (3,38%) egalladi.

Haqiqiy narxlar va inflyasiyani hisobga olgan holda, NATO davlatlarining umumiy harbiy xarajatlari 2023 yilda 9,3 foizga oshgan, joriy yilda esa 18 foizga oshib, 1,5 trillion dollardan oshishi kutilmoqda. Bu mablag‘ning deyarli uchdan ikki qismi — 957 milliard dollar AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.

Harbiy xarajatlar uchun YAIMning 2 foizini ajratish talabi NATOning sharqiy qanotidagi Norvegiyadan Bolgariya va Turkiyagacha bo‘lgan barcha davlatlari tomonidan bajarilgan. Armiyasi umuman yo‘q Islandiyadan tashqari Belgiya, Lyuksemburg, Sloveniya va Ispaniyada ushbu ko‘rsatkich kamligicha qolmoqda. Ularning barchasi yalpi ichki mahsulotning taxminan 1,3 foizini harbiy sohaga sarflaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!