Moskva viloyatida 46 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Moskva viloyatida 46 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Moskva viloyatining Serpuxov tumanida polisiya tomonidan 46 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi, deb xabar berdi Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk Telegram-kanalida.

«Migrasiya qonunchiligini buzgan 46 nafar shaxs Serpuxov shahar tumanidagi Lujki qishlog‘i yaqinidagi issiqxona majmuasi hududida qo‘lga olindi», deb yozadi u.

Volkning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirish» moddasi bo‘yicha protokollar tuzilgan.

Ichki ishlar vazirligi vakili 22 nafar xorijlik Rossiyada qolish huquqiga ega emasligini ta’kidladi. Ular jarimaga tortildi, keyin esa mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy migrasiya kanalini tashkil qilishda ishtirok etgan barcha shaxslarni aniqlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!