Evropa Ittifoqi 55 ming ukrainalik askarni tayyorladi

Evropa Ittifoqi 55 ming ukrainalik askarni tayyorladi

Evropa Ittifoqi hozirda 55 mingga yaqin ukrainalik askarni tayyorlagan.

Bu haqda YEI Bosh shtabi rahbari, general-leytenant Mishel van der Laan ma’lum qildi.

«Oxirgi bir yarim yil ichida biz Yevropada, asosan, Polsha, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Litva, Latviya va boshqa mamlakatlarda 55 mingga yaqin askarni tayyorladik», — dedi van der Laan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv dasturi bir yarim yil avval boshlangan va tashkilot bunday tadbirlarni davom ettirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!