“Evropa Ittifoqi migrasiya tahdidi tufayli parchalanib ketishi mumkin” — Polsha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

“Evropa Ittifoqi migrasiya tahdidi tufayli parchalanib ketishi mumkin” — Polsha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Migrasiya nazorati masalasi hal etilmasa, Yevropa Ittifoqi 10-15 yil ichida parchalanishi mumkin. Bu haqda Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vaziri o‘rinbosari Machey Dushik ma’lum qildi.

“Agar migrasiyani nazorat qila olmasak, Shengen parchalanib ketadi. Agar Shengen parchalansa,Evropa Ittifoqining mavjudligini qo‘llab-quvvatlovchi dalillar kamroq bo‘ladi. Bu keyingi 10-15 yil uchun juda real ssenariy”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qabul qilingan YEI migrasiya paktiga o‘zgartirishlar kiritilmasa, ayrim a’zo davlatlarning ichki chegaralarida chegara nazorati joriy etilishi mumkin.

“Bu Shengen zonasini himoya qilish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Makey Dushik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!