Xitoy tezlashtirilgan sur’atda yadroviy kallaklar sonini oshirmoqda – Times

Xitoy tezlashtirilgan sur’atda yadroviy kallaklar sonini oshirmoqda – Times

Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini Rossiya va AQShni ortda qoldiradigan tezlikda qurmoqda, deb yozadi The Times.

Gazetaning yozishicha, yadro salohiyatini oshirish Si Szinpin tomonidan amalga oshirilayotgan XXR qurolli kuchlarini modernizasiya qilish doirasida amalga oshirilmoqda.

«Xitoy Si Szinpin boshchiligida qurolli kuchlarini qayta tashkil etish doirasida yadroviy salohiyatini kengaytirmoqda», — deb yozadi nashr.

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti hisobotida aytilishicha, Xitoyda 2023 yil boshida 410 ta yadro kallaklari bo‘lgan, biroq bir yildan so‘ng bu raqam 500 taga yetgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, Xitoyning yadro arsenali hali ham 3700 va 4300 ta jangovar kallaklarga ega AQSh va Rossiyanikidan ancha kichik. Shu bilan birga, mualliflarning ta’kidlashicha, Xitoy, ehtimol, o‘z raketalarini yadro kallaklari bilan jihozlashga, qurollarni birinchi marta yuqori shay holatga keltirishga qodir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!