O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumat delegasiyasining Checheniston Respublikasiga tashrifi doirasida investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Kavkaz investisiya forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi telegram kanali (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, "Katta Kavkaz: dengizdan dengizgacha" deb nomlangan plenar sessiyasida ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqqan Laziz Kudratov ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajarish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Oxirgi 7 yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar o‘sdi va 2023 yil yakuniga ko‘ra, qariyb 10 milliard dollarga yetdi. Asosiysi, o‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlar tarkibi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.

Shuningdek, munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish, qo‘shma moliyalashtirish vositalarini shakllantirish, turizmni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish ham belgilandi.

Bu borada ikki davlat prezidentlari raisligidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ahamiyati katta. O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida ushbu hududlararo hamkorlik platformasi imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’ruzachi Rossiya hududlari va Rossiya biznesi vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘zaro manfaatli yangi loyiha va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!