Ukraina Qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilish uchun kamikadze drondan foydalanishga urindi

Ukraina Qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilish uchun kamikadze drondan foydalanishga urindi

Ukraina armiyasi Rossiyaning Kurchatov shahridagi Kursk atom elektr stansiyasiga kamikadze droni bilan hujum qilib, yadroviy terrorchilik aktini sodir etishga urindi. Dron stansiya yaqinida yo‘q qilindi.

Bu haqda huquq-tartibot idoralari vakillari ma’lum qilishdi.

"2024 yil 22 avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Kursk viloyati, Kurchatov shahrida joylashgan atom elektr stansiyasida kamikadze dron yordamida yadroviy terrorchilik aktini amalga oshirishga urindi. Kurchatov atom elektr stansiyasi yaqinida Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparati Rossiyaning elektron urush tizimlari tomonidan urib tushirildi.

Shundan so‘ng ukrainalik kamikadze dron atom elektr stansiyasining ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash ombori yonidan topilgan.

Aholi orasida jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!