Qozog‘istonda iqlim o‘zgarishi sur’atlari iqlimshunos va meteorologlarning kutganidanda tezroq amalga oshmoqda.

Qozog‘istonda iqlim o‘zgarishi sur’atlari iqlimshunos va meteorologlarning kutganidanda tezroq amalga oshmoqda.

Bu haqida Kazidrometga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Sinoptiklarga ko‘ra, dunyoda iqlim o‘zgarishi sur’ati bir xil emas. Yevroosiyo materigining markazida joylashgan va okeandan ancha uzoq masofada joylashgan Qozog‘iston hududi yer shariga qaraganda jiddiyroq sur’atda isib bormoqda.

Iqlim o‘zgarishi Qozog‘istonning turli mintaqalarida turlicha, shuningdek fasllar bilan farqlar yaqqol ko‘rinmoqda.

"Iqlim biz kutganimizdan tezroq o‘zgarib bormoqda. Buni Ostona shahri misolida ko‘rish mumkin. Bizning shahar Ulan-Batordan keyin dunyodagi ikkinchi eng sovuq poytaxt xisoblanadi. Biroq, so‘nggi 20 yil ichida o‘rtacha yillik shamol tezligi sekundiga 3.6 metrdan 2,8 metrgacha sekinlashdi. Shamolsiz kunlar soni ko‘payib, qor bo‘ronli kunlari soni keskin kamaydi. Va qish oylari ham izg‘irin qishdan yumshoq qishga o‘zgardi. Poytaxtda mutlaq minimal xarorat 1893 yil yanvar oyida qayd etilgan (-51.6°S). Ammo bu bir asrdan ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan. Biz so‘nggi 20 yillik uchun raqamlarni solishtiradigan bo‘lsak, 2012 yil dekabrda xavo harorati -40 darajagacha pastlaganini ko‘rishimiz mumkin. Tarixiy rekorddan 11 daraja issiqroq qiymat".

P/S: Hududlarda shamol generasiyalarini barpo etishda biz kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan iqlim haqidagi ma’lumotlarni ishonchli iqlim ssenariya modellariga murojaat etish va shu asosida ishlarni rejalashtirimiz kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!