Auksionga chiqarilayotgan bo‘sh yer uchastkalaridan qanday maqsadda foylangan afzal?

Auksionga chiqarilayotgan bo‘sh yer uchastkalaridan qanday maqsadda foylangan afzal?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun tarmoqlar kesimida bo‘sh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish dinamikasi tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilish maqsadida jami 50 mingga yaqin (3 673,4 gektar) taklif “YeRELEKTRON” AATga kiritilgan.

Tizimga kiritilgan takliflarning aksariyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini joylashtirish (41 817 ta), sanoat (ishlab chiqarish) ob’ektlari (5 655 ta), ko‘p qavatli uy-joy qurish (1 324 ta), xalqaro yo‘l bo‘yi ob’ektlari (772 ta), turistik zonalar ob’ektlari (371 ta) va mikromarkazlarni tashkil etish (99 ta) ga oid.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida kiritilgan jami 50 mingga yaqin (3 673,4 gektar) taklifdan 11 767 tasi bo‘yicha rad javobi berilgan;

23 861 ta taklif bo‘yicha yer uchastkalari 2 731,3 mlrd. so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarilgan. Shundan 9 739 ta lot 785,4 mlrd. so‘mga realizasiya qilingan.

Respublika bo‘yicha “YeRELEKTRON” AAT tizimiga bo‘sh yer maydonlariga oid eng ko‘p ma’lumot Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida kiritilgan.

Auksion savdolarini yanada takomillashtirish orqali yer bozorining qamrovini oshirish bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi:
➖ auksionga namunaviy loyihalar asosida master rejani ishlab chiqish sharti bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini mulk huquqi bilan chiqarish ishlarini jadallashtirish;
➖ tuman (shahar) kadastr filiallari hamda qurilish bo‘limlari hududlarning iqtisodiy rivojlanish dasturi, tasdiqlangan shaharsozlik hujjati hamda urbanizasiya jarayonini (o‘sish nuqtalari) chuqur tahlil qilgan holda “YeRELEKTRON” AATga taklif kiritishi;
➖ muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan hududlarda yerlarni auksion savdolariga chiqarish amaliyotini bekor qilish hamda ushbu kommunikasiya tarmoqlarini joylashtirish choralarini ko‘rish;
➖ auksion savdolariga chiqarilgan, biroq uzoq vaqt sotilmagan yer uchastkalarini birlashtirish va jozibador loyihalarni ishga tushirish uchun yerdan foydalanish maqsadini belgilab, ijara huquqi bilan qayta savdoga qo‘yish;
➖ tadbirkorlarni jozibador yer uchastkalari bilan ta’minlash, shuningdek, qulayliklardan samarali foydalanish uchun “YeRELEKTRON” AATning taklif kiritish qismida ArcGIS sun’iy yo‘ldosh axborot platformasidan ma’lumotlarni integrasiyalash orqali bo‘sh yer maydonlari mavjud bo‘lgan hududlarni aks ettirish imkoniyatini yaratish.

Batafsil


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!