SSV: Klinik ordinatura bo‘yicha imtihonga kiruvchi talabgorlar ro‘yxati va imtihonga kirish ruxsatnomasi tmbm.ssv.uz saytida joylashtirilgan

SSV: Klinik ordinatura bo‘yicha imtihonga kiruvchi talabgorlar ro‘yxati va imtihonga kirish ruxsatnomasi tmbm.ssv.uz saytida joylashtirilgan

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra:

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari;
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
ilmiy-tadqiqot institutlari;
klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalarda
klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Klinik ordinaturaga nomzodlarning test sinovi xarajatlari tegishli tibbiy muassasa tomonidan qoplanadi.

Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi to‘lov tegishli muassasa (tashkilot)lar tomonidan to‘lab berilishi belgilangan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi va oliy ta’lim muassasalari tomonidan:

2024/2025 o‘quv yilida klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
bu borada foydalaniladigan test variantlari tafsilotlari;
foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ularni shakllantiruvchi fan ekspertlari guruhi tasdiqlandi.

Eslatma! Klinik ordinatura (rezidentura) bo‘yicha fanlar majmuasi, talabgorlar ro‘yxati va talabgorning imtihonga kirish ruxsatnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazining tmbm.ssv.uz saytidagi klinik ordinatura bo‘limidan olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!