Superliga. Amaldagi chempion «Paxtakor» chempionlik kurashidan deyarli chiqdi

Superliga. Amaldagi chempion «Paxtakor» chempionlik kurashidan deyarli chiqdi

O‘zbekiston Superligasida 14-turning qoldirilgan o‘yinlari doirasida «Surxon» – «Paxtakor» klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur bahsda «Surxon» poytaxtimizdagi «JAR» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Paxtakor»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 23 daqiqada penaltidan Jahongir Abdusalomov tomonidan kiritildi.

Superliga. Amaldagi chempion «Paxtakor» chempionlik kurashidan deyarli chiqdi

Shu tariqa, «Surxon» mazkur g‘alaba natijasida «Paxtakor» bilan ochkolari sonini tenglashtirib oldi. Hozirda ikki jamoa hisobidagi ochkolar soni 25 taga yetgan va faqatgina gollar nisbatiga ko‘ra, Superliga jadvalida «Paxtakor» 4, «Surxon» esa 5-o‘rindan joy oldi.

Shu tariqa, 14-turning qoldirilgan 3 o‘yini o‘tkazildi. Faqatgina mazkur turda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Dinamo» – «Navbahor» uchrashuvi 31 dekabrga qoldirildi.

Superliga. Amaldagi chempion «Paxtakor» chempionlik kurashidan deyarli chiqdi

Bugun, 23 avgust kuni, Superliga bahslarining 17-turi start oladi va 27 avgust kuniga qadar 7 ta uchrashuv tashkil etiladi.

Aniqroq ma’lumot berib o‘tadigan bo‘lsak, bugun «Metallurg» – «Dinamo» bahsi tur uchrashuvlarini boshlab beradi. 24 avgust kuni esa «Neftchi» – «Olimpik», 25 avgustda «Lokomotiv» – «Qizilqum» va «Nasaf» – «Andijon» uchrashuviga guvoh bo‘lamiz. 26 avgust kuni «So‘g‘diyona» – «Paxtakor», «Surxon» – «Navbahor» klublari o‘zaro raqobatlashsa, 27 avgustda «Bunyodkor» – «OKMK» klublari o‘rtasidagi o‘yin tur uchrashuvlarini yakunlab beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!