Qozog‘iston va Rossiya Federasiyasi razvedka xizmatlari Afg‘onistondan giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini yo‘q qildi

Qozog‘iston va Rossiya Federasiyasi razvedka xizmatlari Afg‘onistondan giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini yo‘q qildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari rossiyalik hamkorlar bilan hamkorlikda shimoliy yo‘l deb ataladigan afg‘on giyohvand moddalar kontrabandasi kanalini yo‘q qildi.

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Joriy yilning avgust oyida Rossiyaning chegaradosh viloyatlaridan birida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan xalqaro guruhning ikki nafar a’zosi qo‘lga olindi, tintuv chog‘ida ulardan 50 kilogrammga yaqin gashish olindi Qora bozorda uning narxi 500 ming dollarni tashkil qilishi mumkin" - deyiladi xabarda.

Mazkur fakt yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!