NATOning minglab askarlari Rossiya chegaralarida

NATOning minglab askarlari Rossiya chegaralarida

Finlyandiyaning Mikkeli shahrida Rossiya bilan chegara yaqinida NATOning 4-5 ming askardan iborat zirhli brigadasi tuziladi.

Bu haqda payshanba kuni Iltalehti gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Qaror yaqin haftalarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Yaratilayotgan bo‘linma FLF (Forward Land Forces) nomi bilan ham tanilgan, deya xabar beradi nashr.

21 avgust kuni Finlyandiya NATOning bir qancha davlatlari bilan mamlakat hududiga qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!