Hindiston bosh vaziri Ukrainaga tashrif bilan keldi

Hindiston bosh vaziri Ukrainaga tashrif bilan keldi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor tashrif buyurdi.

Bu haqda "RBK-Ukraina" nashri xabar bermoqda.

Uning Kiyevga kelishi Ukraina Davlat bayrog‘i kuni – Ukraina Mustaqillik kuni arafasiga to‘g‘ri keladi. Bloomberg agentligining yozishicha, Hindiston hukumati rahbarining Kiyevga tashrifi qisqa muddatli bo‘ladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan gap bir necha soat haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Hindiston bosh vaziri Polsha prezidenti Anjey Duda va bosh vazir Donald Tusk bilan uchrashgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!