O‘zbekistonlik boks murabbiyi Qirg‘iz Respublikasi tomonidan taqdirlandi

O‘zbekistonlik boks murabbiyi Qirg‘iz Respublikasi tomonidan taqdirlandi

"Parij-2024" Olimpiadasida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uluga sekundantlik qilgan boks bo‘yicha mahoratli murabbiyimiz Akmal Hasanov Toshkentda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi forumi doirasida munosib taqdirlandi.

Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqko‘l forumi bosh kotibi Assol Moldokmatova ushbu mukofotni Akmal Hasanovga topshirdi.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, murabbiyimiz Xolmatovning "Parij-2024" Olimpiadasida finalga qadar yetib borgan qirg‘iz bokschisining muvaffaqiyatida o‘zbek murabbiysining alohida xizmatlari bor. Bu, ikki davlat, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi azaliy rishtalarning mustahkamligi, insonparvarlik, bag‘rikenglik, do‘stona munosabatlarning yanada kengayib borayotganining yorqin tantanasi bo‘ldi.

Taqdirlash jarayonida Qirg‘iz Respublikasi mulozimlari murabbiyimizga Issiqko‘lga dam olish uchun yo‘llanma, milliy chopon hamda taniqli mo‘yqalam ustasi Sabitjan Babajanov tomonidan chizilgan suratni taqdim etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!