Indoneziya sudi farzandlari sifatsiz dori-darmonlardan vafot etgan ota-onalarga pul to‘lash haqida qaror chiqardi

Indoneziya sudi farzandlari sifatsiz dori-darmonlardan vafot etgan ota-onalarga pul to‘lash haqida qaror chiqardi

Indoneziya sudi ikki mahalliy kompaniyani bolalari buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan yoki zaharli yo‘tal siropi ichib og‘ir jarohat olgan har bir oilaga 60 million rupiya (3850 dollar)gacha to‘lash majburiyatini yukladi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

2022 yil oxirida 20 dan ortiq oila agentlik, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va bir qancha kompaniyalarga nisbatan fuqarolik da’vosi bilan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yilda Indoneziyada yo‘tal siropi ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari va yana uch nafar amaldor 200 dan ortiq bolaning, ularning aksariyati besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘limi uchun qamoq jazosiga hukm qilingan. O‘shanda Afi Farma kompaniyasi ko‘p miqdorda zaharli moddalar bo‘lgan yo‘tal siroplarini ishlab chiqarishda ayblandi. Prokurorlarga ko‘ra, 2021 yilning oktyabridan 2022 yilning fevraligacha kompaniya yo‘tal siropini tayyorlash uchun ishlatiladigan propilen glikolning ikkita jo‘natmasini olgan. Kompaniya yo‘tal siropida ishlatiladigan ingrediyentlarni sinab ko‘rmadi, aksincha, etkazib beruvchining sifat va xavfsizlik sertifikatlariga tayandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!