EI rahbari Putinni majburlash yo‘lini e’lon qildi

EI rahbari Putinni majburlash yo‘lini e’lon qildi

Evropa Ittifoqi rahbari Putinni muzokaraga ko‘ndirish uchun Rossiyaga zarba berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.

Evropa Ittifoqi rahbari Xosep Borrel Rossiyadagi harbiy bazalarga zarba berish bo‘yicha har qanday cheklovlar olib tashlanishi tarafdori, chunki bu Vladimir Putinni tinchlik muzokaralariga ko‘ndirishga yordam beradi.

X ijtimoiy tarmog‘ida diplomat Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi Rossiya Federasiyasi prezidenti pozisiyalariga jiddiy zarba bo‘lganini va G‘arb qurollaridan foydalanishga joriy qilingan taqiqning olib tashlanishi kerakligini yozdi.

Bu Kiyev uchun bir qancha muhim natijalarga olib keladi: Ukraina mudofaasini kuchaytirish va Rossiyani Ukraina shaharlari, hamda uning fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish imkoniyatidan mahrum qilish; ko‘proq askarlar hayotini saqlab qolish va halokatni kamaytirish; shuningdek, «tinchlik muzokaralarini ilgari surish»ga yordam beradi.

«Men Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga Yevropa Ittifoqi Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarshi kurashini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdim. Men kelasi haftada u bilan Bryusselda uchrashib, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘paytirish haqida gaplashishni intiqlik bilan kutaman», dedi Borrel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!