AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam yuboradi. Uning miqdori ma’lum bo‘ldi

AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam yuboradi. Uning miqdori ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 125 million dollarga yaqin yangi harbiy yordam yuboradi.

Bu haqda Associated Press (AP) manbalariga tayanib xabar berdi.

AQSh rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, paketga havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar, yuqori harakatchanlikdagi artilleriya raketa tizimlari (HIMARS), Javelin va boshqa bir qator tankga qarshi raketalar, 155 va 105 millimetrli dronlar va elektron urushlarga qarshi tizimlar va uskunalar kiradi.

Oq uy 23 avgust kuni, Ukraina Mustaqillik kuni arafasida Kiyevga yangi yordam haqida rasman e’lon qilishi mumkin.

Ro‘yxatga olingan qurollar prezident ruxsati bilan taqdim etilgan, ular Pentagon zaxiralaridan olingan va tezroq yetkazilishi mumkin, deya ta’kidlaydi agentlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!